“Tamerlan” filmi treyleri chiqdi: premyera sanasi ma’lum

Amir Temur hayotiga bag'ishlangan “Tamerlan” filmining yangi treyleri taqdim etildi, ilk namoyishi 2 apreldan O'zbekiston, Rossiya hamda Belarus kinoteatrlarida bo'lib o'tadi. Filmda Amir Temurning hayoti, davlat qurish yo'li va yurishlari, shuningdek, keng qamrovli jang sahnalari hamda saroy muhiti badiiy talqinda aks ettirilgan. 9 apreldan kinoasar Qozog'iston, Qirg'iziston, Ozarbayjon va Tojikistonda ham keng prokatga chiqarilishi rejalashtirilgan.
Buyuk sarkarda Amir Temur hayotiga bag‘ishlangan “Tamerlan” filmining yangi treyleri tomoshabinlarga taqdim etildi. Mazkur kinoasar atrofidagi qiziqish tobora ortib bormoqda.
Tarixiy mavzudagi ushbu filmda Amir Temurning hayoti, davlat qurish yo‘li va yurishlari badiiy talqinda aks ettirilgani aytiladi. Treylerda esa keng qamrovli jang sahnalari, saroy muhiti va o‘sha davr ruhini yorituvchi epizodlar namoyish etilgan.
Ma’lum qilinishicha, film ilk namoyishi 2 apreldan O‘zbekiston, Rossiya hamda Belarus kinoteatrlarida bo‘lib o‘tadi. Shu bilan birga, 9 apreldan boshlab Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon va Tojikistonda ham keng prokatga chiqarilishi rejalashtirilgan.
Mutaxassislar fikricha, film nafaqat tarixiy shaxs obrazini ochib berish, balki Markaziy Osiyo tarixi va madaniyatini keng auditoriyaga yetkazishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Treyler chiqqanidan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda ham filmga bo‘lgan qiziqish ancha kuchaygani kuzatilmoqda.
Kino ixlosmandlari esa ushbu asarni katta intiqlik bilan kutmoqda. Ayniqsa, Amir Temur shaxsiyatiga bag‘ishlangan yangi kino loyiha qanday qabul qilinishi katta qiziqish uyg‘otmoqda.






























Izohlar 0
…