22:01 / 14.12.2017
10 520

Olimlar tomonidan “Baxt tabletkasi” yaratildi

Олимлар томонидан “Бахт таблеткаси” яратилди
Kvislend universiteti olimlari “Baxt va sevgi gormoni”ning mukammallashtirilgan sintetik namunasini yaratishga muvaffaq bo’ldilar.

Genetik va neyrobiologlar ushbu preparatni oksitotsinning yaxshilangan ko’rinishi deya atashmoqda.

Xabarda keltirilishicha, tabletka inson organizmiga mutlaqo zarar yetkazmaydi va uning nojo’ya ta’sirlari ham mavjud emas.

Mazkur preparat oksitotsindan farqli ravishda organimda yurak-qontomir kasalliklarining paydo bo’lishi ehtimolini vujudga keltirmaydi, hech qanday nojo’ya ta’sirlarsiz insondagi “baxt holatini” uzoq muddatga qadar ushlab turadi.

Kemiruvchilarda sinovdan o’tkazilgan preparatni asab tizimi bilan bog’liq jiddiy kasalliklarda qo’llash, klinik tushkunlik va autizmga chalingan bemorlar muolajasini yengillashtirishda ishlatish mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Olimlar tomonidan “Baxt tabletkasi” yaratildi