Stress holatida ba’zi odamlarni qorin og‘rig‘i bezovta qiladi, yana birovning tomog‘idan hech nima o‘tmaydi. Reaksiyalar turlicha, shunday ekan, "Layfxaker" ekspert - gastroenterolog Anna Yurkevichning bu boradagi fikrlariga qiziqdi.
Stress nima? Kim uchundir bu - metroda harakatlanish, yana birov uchun - samolyotda parvoz qilish. Har qanday holatda ham vegetativ asab tizimi ta’siri ostida oshqozon-ichak trakti jabrlanadi.
Vegetativ asab tizimi ichki organlar faoliyati uchun javob beradi, u avtonom va doimiy ravishda ishlaydi. Biz fikr kuchi orqali ichaklar, oshqozon va boshqa organlar faoliyatiga ta’sir o‘tkaza olmaymiz. Shuning uchun xohlaymizmi-yo‘qmi, xavotirlarga javoban stress gormonlari (masalan, adrenalin) ishlab chiqariladi.
Uning ta’siri ostida oshqozon-ichak trakti mushaklari bo‘shashadi, motorika sekinlashadi, sfinkterlar qisqaradi. Stressdan keyin o‘ng qovurg‘a ostida og‘riq paydo bo‘lishi sabablaridan biri ham shunda.
Hazm qilish tizimiga keladigan bo‘lsak, stress vaqtida gormonlar ta’siri ostida "ur yoki qoch" rejimi yoqiladi. Qonning asosiy oqimi yurak, miya, mushaklarga boradi (har ehtimolga qarshi qochishga ulgurish yoki qarshilik ko‘rsatish uchun). Bunday holatda oshqozon-ichak traktiga kerakli miqdordagi qon yetib kelmaydi, shunday ekan, ovqat hazm qilish jarayoni ham sekinlashadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi