Tabiatda ko‘plab o‘simliklar borki, ularni choyga qo‘shib ichilsa, organizmimizdagi ichki a’zolarni “tartibga solish”ga yordam beradi.
Bu kabi choylar ichakdagi foydali mikroflorani oziqlantirib, fermentlarni maromlashtirib turadi. Yallig‘lanishning oldini oladi. Zero, salomatligimiz ichaklarning ahvoliga ham bog‘liq.
Yalpiz. Uning xushbo‘y barglarini choy bilan birga damlab ichilganda, kishini tinchlantirib, mushaklarni bo‘shashtiradi. Shuningdek, ovqat hazm qilishda yordam berib, ichimizni tozalaydi. Ammo, erkaklar yalpizli choyni kamdan-kam ichishlari tavsiya qilinadi.
Yasmin. Ushbu o‘simlik bilan birga damlangan choy ishtahani ochuvchi, quvvat beruvchi, charchoqni chiqaruvchi vositadir. Ammo, gipertoniklargaushbu choy mumkin emas.
Zanjabil. O‘simlik ildizini qirg‘ichdan o‘tkazib yoki bo‘laklarga bo‘lib, choyga aralashtirib damlash lozim. U kishini qizdiradi vatetiklashtiradi. Shuning bilan birga, moddalar almashinuvini yaxshilaydi.
Tirnoqgul (kalendula). Tirnoqgulli choysaratonni davolashda eng samarali vositalardan biridir. Gullari va urug‘i bakteriyalarga qarshi kurashuvchi hususiyatga ega. Ayniqsa tirnoqgulni suv bug‘ida ozgina ushlab turib, keyin choyga qo‘shib damlashni tavsiya qilaman. Biz turmush o‘rtog‘im bilan birga ushbu choyni hech kanda qilmaymiz. Haftada 3-4 kun albatta ushbu choyni ichishga harakat qilamiz.
Lavanda. Ushbu gullarni faqat ayollarga tavsiya qilaman. Lavandali choy kishini tinchlantirib, ichki zo‘riqishlarni bartaraf etadi. Ayniqsa uyqusizlik va asablar taranglashganda bir haftada 1-2 marotaba ushbu choyni ichish foydalidir.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi