Shavkat Mirziyoyev Buxoro va Navoiy viloyatlariga tashrif buyurdi

  • 25 sentyabr 2016, 11:17
  • 8 008
  • O‘zbekiston
  • Shavkat Mirziyoyev Buxoro va Navoiy viloyatlariga tashrif buyurdi

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti majburiyatlarini bajaruvchi, bosh vazir Shavkat Mirziyoyev 24 sentyabrda Navoiy va Buxoro viloyatlariga tashrif buyurdi. Bu haqda "Kun" xabar berdi.

    Mirziyoyev tashrif davomida "Navoiyazot" AJ tomonidan amalga oshirilayotgan yirik loyihalar, xususan polivinilxlorid, kaustik soda va metanol ishlab chiqarish majmuasi hamda ammiak va karbamid ishlab chiqarish korxonasi qurilishi bilan tanishdi.

    Yangi korxonalarda 1 ming 300 dan ko‘proq ish o‘rni yaratiladi.

    So‘ngra Mirziyoyev Navoiy shahrini obodonlashtirish ishlarini kuzatib chiqdi. Viloyat va shahar rahbariyati ishtirokida Navoiy shahri bosh rejasining amalga oshirilishi, maishiy chiqindilarni utilizasiya qilish, arzon uy-joy qurilishi masalalari muhokama qilindi.

    Mirziyoyev shuningdek paxta maydonlariga tashrif buyurib, Karmana tumani fermerlari bilan suhbatlashdi.

    Mirziyoyev Navoiy viloyati faollari bilan uchrashuvda viloyatning eksport salohiyati, paxta yig‘imi va kuzgi ekinlar ekishni samarali tashkillashtirish, ijtimoiy ob’ektlar va turar-joy fondini qishki mavsumga tayyorlash hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini g‘amlash masalalarini muhokama qildi.

    Shu kunning o‘zida Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatidagi Qandim gazni qayta ishlash zavodi qurilish maydonchasida bo‘ldi. 2,6 mlrd dollarlik loyiha Rossiyaning "LUKOYL" neft-gaz kompaniyasi bilan hamkorlikda Janubiy Koreyaning Hyundai Engineering va Singapurning ENTER Engineering kompaniyalarini jalb qilgan holda amalga oshirilmoqda.

    Loyihaning amalga oshirilishi yiliga 8 mlrd kub metr tabiiy gazni qazib olish va qayta ishlashga imkon beradi.

    Zavodning birinchi navbatining foydalanishga kiritilishi 2018 yilga belgilangan.

    Mirziyoyev qurilish maydonchasida shuningdek "LUKOYL" prezidenti Vagit Alekperov bilan uchrashdi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Shavkat Mirziyoyev Buxoro va Navoiy viloyatlariga tashrif buyurdi