Ijtimoiy tarmoqlarda Novorossiysk kommunal xizmatlari kuchli yomg‘ir ostida asfaltni ko‘lmakka yotqizayotganiga doir videolavha paydo bo‘ldi, deb yozadi Kun.uz nashri.
Hodisa 1905 yil inqilobi ko‘chasida kuzatilgan. Unda yo‘lsozlar mehnat quroli bilan yo‘lni suvdan xoli qilishga urinishlarini ko‘rish mumkin.
Videolavhaga shahar hokimi Igor Dyachenko e’tibor qaratgan. U kommunal xizmatchilar ishidan g‘azablangan.
"Shahrimiz aholisi kabi meni ham 1905 yil inqilobi ko‘chasida asfalt yotqizish jarayoni g‘azablantirdi. Tekshiruvlardan so‘ng, ma’muriyatning ushbu mantiqsizlikka yo‘l qo‘ygan barcha rahbar xodimlarini jazolashga ko‘rsatma berdim", — deb yozgan Dyachenko Twitter sahifasida.
Dyachenko, shuningdek, shaharga nisbatan buday munosabatda bo‘lish mumkin emasligini hamda yo‘l pudratchi hisobidan qayta ta’mirlanishini aytgan.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
O‘zbekistonda Vengriya va Yevropa kompaniyalari uchun maxsus iqtisodiy zona ishga tushiriladi
Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi?
Jahongir Otajonov “Kachayte” atrofidagi tanqidlar va Ozoda bilan munosabati haqida gapirdi
Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin
Fayzullayev Olimpiadada ishtirok etishi borasidagi savolga nima deb javob berdi?
BMT Isroilni xalqaro huquqning barcha normalarini buzganlikda aybladi