12:35 / 05.08.2017
10 608

Zangiota tumani IIBga yangi boshliq tayinlandi

Zangiota tumani IIBga yangi boshliq tayinlandi
O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi tizimida qator yangi lavozim tayinlovlari amalga oshirildi. Bu haqda “Postda” gazetasiga tayanib Kun.uz xabar bermoqda.

Xususan, polkovnik Zohid Kushatovich Mamadaliev – Namangan viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimiga,

podpolkovnik Rustam Davronovich Yusupov – Navoiy viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari,

podpolkovnik Qodir Rajabboyevich Botirov – Buxoro viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – Kadrlar boshqarmasi boshlig‘i,

podpolkovnik Shuhrat Sherpo‘latovich Norpo‘latov – Toshkent viloyati Zangiota tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Avvalroq 7 ta tumandagi IIBga yangi boshliqlar tayinlangani xabar berilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Zangiota tumani IIBga yangi boshliq tayinlandi