date

Shoxasan Mirzamatov chempionlik kamari uchun ishonch bilan jangga chiqadi

Shoxasan Mirzamatov chempionlik kamari uchun ishonch bilan jangga chiqadi

Taniqli o‘zbekistonlik MMA jangchisi Shoxasan Mirzamatov (16-4) Octagon ligasining chempionlik kamarini qo‘lga kiritishga tayyor ekanini qat’iy ishonch bilan ma’lum qildi.

Hamyurtimiz ta’kidlashicha, u chempionlik jangigacha oson yo‘l bosib o‘tmagan. Ushbu natija ortida uzoq mehnat, mashaqqatli tayyorgarlik va turli hayotiy sinovlar yotibdi.

“Chempionlik jangi uchun juda ko‘p mehnat qildim. Hayotdagi turli vaziyatlar ba’zan orzularimga to‘sqinlik qildi. Ayrimlar meni divizionda kimdandir qo‘rqyapti, deb o‘ylashdi. Lekin men oktagonda hech qachon qo‘rquvni his qilmaganman”, — dedi Shoxasan Mirzamatov.

U bo‘lajak raqibi — Bogdan Pshebelski (7-2) haqida ham fikr bildirib, hazilomuz tarzda maslahat berdi:

“Bogdanga maslahatim — qo‘llarini balandroq ko‘tarib jang qilsin. Shunda uning boshiga zarba berish qiyinroq bo‘ladi”, — dedi u kulgi bilan.

Jangchi shuningdek, bo‘lajak bahs uzoq davom etmasligiga ishonch bildirdi:

“Menimcha, jang tez yakunlanadi. Amaldagi chempion Toshkentda ‘uxlab qoladi’. Yangi kamarni esa o‘zbek xalqiga sovg‘a qilaman”, — deya qat’iy pozitsiyasini bildirdi u.

Ma’lumot uchun, Shoxasan Mirzamatov 2 aprel kuni Toshkentdagi Humo Arena majmuasida bo‘lib o‘tadigan Octagon 85 turniri doirasida Bogdan Pshebelskiga qarshi yarim o‘rta vazn chempionlik kamari uchun hal qiluvchi jangda ishtirok etadi.

Kutilmoqdaki, mazkur to‘qnashuv nafaqat sport ixlosmandlari, balki butun MMA muxlislari uchun qiziqarli va shiddatli bellashuvga aylanadi. Toshkentdagi bu kecha haqiqiy shou bo‘lishi aniq — qolgani esa oktagonda hal bo‘ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Shoxasan Mirzamatov chempionlik kamari uchun ishonch bilan jangga chiqadi