date

O‘zbekistonda jamoat tartibi va axborot xavfsizligi kuchaytiriladi

O‘zbekistonda jamoat tartibi va axborot xavfsizligi kuchaytiriladi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida deputatlar tomonidan qonunchilik tashabbusi asosida kiritilgan — «O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonun loyihasi muhokama qilindi.

Qonun loyihasining asosiy maqsadi — jamoat tartibi va osoyishtalikni mustahkamlash, yangi turdagi huquqbuzarliklarning oldini olish hamda huquqbuzarlik uchun javobgarlik mexanizmlarini aniq belgilashdan iborat.

Loyihaga ko‘ra, o‘zga davlat hududida yoki uning tarafini olib, qurolli to‘qnashuvlar yoki harbiy harakatlarda ishtirok etishni targ‘ib qiluvchi materiallarni tarqatish, reklama qilish va namoyish etish uchun ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda.

Shuningdek, uyatli so‘zlar bilan so‘kinish, haqoratli harakatlar yoki fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmatini tahqirlovchi boshqa xatti-harakatlarni telekommunikatsiya tarmoqlari va Internet jahon axborot makonida sodir etish uchun ham javobgarlik joriy etilishi ko‘zda tutilgan. Bu orqali axborot makonida huquqiy madaniyatni yuksaltirish va fuqarolar osoyishtaligini ta’minlash maqsad qilinadi.

Bundan tashqari, shaxsning o‘zi tomonidan sodir etilgan huquqbuzarlikni targ‘ib qiluvchi materiallarni ommaviy axborot vositalari va Internet tarmoqlarida tarqatgani uchun ham ma’muriy javobgarlik nazarda tutilyapti.

Mazkur normalar huquqbuzarliklarni ommalashtirish va ularga taqlid qilish holatlarini kamaytirishga xizmat qiladi hamda jamiyatda tartib va osoyishtalik muhitini mustahkamlaydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda jamoat tartibi va axborot xavfsizligi kuchaytiriladi