7 382
Konversion karta ochish uchun to‘lanadigan komission to‘lov 100 ming so‘mgacha kamaytirildi
5 sentyabr, seshanba kuni tongdan O‘zbekiston banklarining ayriboshlash shoxobchalari aholidan xorijiy valyutalarni bir kun muqaddam Markaziy bank tomonidan belgilangan yangi kurs bo‘yicha sotib olishni boshladi. Bu haqda «Gazeta.uz»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.
Jismoniy shaxslarga xorijiy valyutalarni sotish avvalgidek tijorat banklarining konversion bo‘limlarida pul mablag‘larini xalqaro to‘lov kartalariga o‘tkazish orqali amalga oshirilmoqda.
Konversion kartalardan xorijda foydalanish, jumladan, bankomatlardan naqd pullarni yechib olishdagi cheklovlar bekor qilingan.
Banklardan birining nashrga ma’lum qilishicha, karta ochish uchun komission to‘lov 35 yevrodan 100 ming so‘mgacha kamaytirilgan, naqd pulni yechib olish komission to‘lovi esa 1 foiz (eng kam komissiya — 4 dollar), karta orqali to‘lashda — 0,5 foiz va qo‘shimcha 50 sent etib belgilandi.
Ayriboshlash shoxobchalarida dunyoning asosiy beshta valyutasi — AQSh dollari, yevro, funt sterling, Shveysariya franki va yapon iyenasi qabul qilinmoqda.
1 AQSh dollari 8000 so‘mdan sotib olinib, 8150 so‘mdan sotilmoqda. 1 funt sterling 10 527 so‘mdan sotib olinib, 10 537 so‘mdan sotilmoqda. 1 yapon iyenasi esa 74 so‘mdan sotib olinib, 77 so‘mdan sotilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi