Samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

  • 03 iyun 2018, 08:03
  • 2 523
  • O‘zbekiston
  • Samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yildi
    O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar mamlakatning iqtisodiy salohiyati hamda turmush farovonligini oshirishga qaratilgan bo‘lib, barcha sohalarning o‘zaro chambarchas bog‘liqligini ko‘rish mumkin.

    Bunday islohotlarga yuqori ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omillaridan biri soliq siyosati bo‘lib, iqtisodiy taraqqiyotning o‘zagi sifatida baholanadi. O‘z navbatida mahalliy byudjet parametrlarining bajarilishi ham soliq tushumlari orqali amalga oshiriladi.

    Shu ma’noda, iqtisodiyot tarmoqlarida hisob-kitoblar tizimini takomillashtirish, debitor-kreditorlik, shu jumladan byudjet oldidagi qarzlarni qisqartirish masalalari va ushbu sohada undiruvlar samaradorligini oshirish maqsadida 2018 yilning 18 may kuni Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi va Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan qo‘shma buyruq imzolandi.

    Ushbu Qo‘shma buyruq ijrosini ta’minlash bo‘yicha Navoiy viloyatida sud qarorlari asosida soliq qarzdorliklarni undirish maqsadida majburiy ijro byurosi va soliq organlari o‘rtasida oylik reja-grafiklar ishlab chiqilib, hamkorlikda ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
    Olib borilgan hamkorlik natijasida o‘tgan vaqt davomida 458 ta qarzdorlardan jami 46 mlrd. 243 mln. so‘m mablag‘lari davlat byudjetiga undirilishi ta’minlandi.

    Bundan tashqari, Majburiy ijro byurosi va davlat soliq xizmati organlari hududiy inspeksiyalari o‘rtasida ro‘yxat asosida tuzilgan solishtirma dalolatnomalarga asosan qoldiqdagi ijro hujjatlarini haqqoniyligi tahlil qilinib, ijro hujjatlariga asosan qarzdorlarning 43 turdagi yoki 143 mln. so‘mlik mol-mulklar xatlanib, qarzdorlikni so‘ndirishga qaratilgan majburiy ijro harakatlari olib borilmoqda.

    Bu borada amalga oshirilayotgan ishlarning ochiq va oshkoraligini ta’minlashga ham alohida e’tibor qaratilib, fuqarolar o‘rtasida keng qamrovli tushuntirish ishlari olib borilishi tashkil etildi.
    Majburiy ijro byurosining
    Navoiy viloyat boshqarmasi

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yildi