Gidrometeorologiya xizmati markazi 24-27 aprel kunlari uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja, kunduzi 24-26 aprelda 12-17 daraja, 27 aprelda 15-20 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatida havo o‘zgarib turadi, 24 aprelda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, 25-27 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 24 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 24 aprelda 7-12 daraja, 25-27 aprelda 5-10 daraja; kunduzi 24-26 aprelda 13-18 daraja, 27 aprelda 15-20 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 24 aprelda yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 25-27 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 24 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 24 aprelda kechasi 7-12 daraja, kunduzi 10-15 daraja; 25-26 aprelda 5-10 daraja, kunduzi 13-18 daraja; 27 aprelda kechasi 5-10 daraja, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, 24 aprelda yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 25-27 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 24 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 24 aprelda kechasi 10-15 daraja, kunduzi 13-18 daraja; 25-26 aprelda 7-12 daraja, kunduzi 15-20 daraja; 27 aprelda kechasi 7-12 daraja, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 24 aprelda yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 25-27 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 24 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 24 aprelda 10-15 daraja, 25-27 aprelda 7-12 daraja; kunduzi 24-25 aprelda 13-18 daraja, 26 aprelda 10-15 daraja; 27 aprelda 15-20 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, 24-25 aprelda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 24 aprelda ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 26-27 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 24 aprelda Toshkent viloyatida 2000 m dan yuqorida qor ko‘chishi xavfi bor. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 24 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 24 aprelda kechasi va kunduzi 5-10 daraja, 25-27 aprelda kechasi 0-5 daraja, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi