2 417
Prezident farmoni: O‘zbekiston–Amirliklar investitsiya kompaniyasi 10 yil muddatga soliqlardan ozod qilindi
O‘zbekiston–Amirliklar investitsiya kompaniyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida Prezident farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
Joriy yilning 24 martida ustav kapitali 10 mln dollar bo‘lgan, mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi O‘zbekiston–Amirliklar investitsiya kompaniyasi tashkil etilgan bo‘lib, uning ustav fondi bosqichma-bosqich 1 mlrd dollarga yetkazilishi nazarda tutilgan.
Mazkur kompaniya kapitalini shakllantirishda Abu Dabi rivojlanish jamg‘armasi (BAA) ulushi 75 foizni hamda Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi (O‘zbekiston) ulushi 25 foizni tashkil qiladi.
Farmonga muvofiq, Kompaniya va uning ta’sischilari 10 yil muddatga daromad solig‘i, mol-mulk solig‘i, yer solig‘i, mol-mulk va aktivlarni realizatsiya qilishda qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilindi.
Kompaniyada ishlashga jalb etilgan xorijiy mutaxassislar va ularning oila a’zolariga davlat boji undirilmasdan ko‘p martalik vizalar beriladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi