O‘zbekistonda hafta o‘rtasida havo harorati biroz pasayadi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi ma’lum qilgan.
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol tezligi ayrim joylarda 17-22 m/s gacha, ba’zida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 35-40 daraja issiq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 35-40 daraja issiq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida 3 iyulda kechasi va ertalab ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi.
4-6 iyulda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 20-25, kunduzi 35-40 daraja issiq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 22-27 daraja, kunduzi 35-40 daraja issiq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 18-23 daraja, 33-38 daraja issiq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 14-19, kunduzi 18-23 darajaga yetadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi