2 864
Jahon banki Yangiyoʻl, Kogon va Chortoq shaharlarini ekoshaharga aylantirish loyihasiga 100 mln dollar ajratadi
Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Rozanna Nitti boshchiligidagi Jahon banki delegatsiyasini qabul qildi. Uchrashuvda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokidagi “Oʻrta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasiga kiritilgan Chortoq shahri boʻyicha amalga oshirilishi rejalashtirilgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarini boshlash oldidan soʻnggi bosqich boʻyicha soʻz bordi.
Muloqotda loyihani mukammallashtirish, loyihadan oʻrin olishi koʻzda tutilgan obyektlar, Jahon banki loyiha guruhi tomonidan bildirilayotgan takliflarni mahalliy shart-sharoitlardan kelib chiqib umumiy konsepsiyaga moslashtirish boʻyicha keng fikr almashildi. Chortoqning bosh rejasi bugungi kunda rejalashtirilayotgan tumanni tibbiyot va sihatgohlar turizmi rivojlangan ekologik toza hududga aylantirish uchun kerakli barcha jihatlarni oʻz ichiga olishi lozimligi borasida ham kelishib olindi.
Jahon bankining Chortoq shahrini kompleks rivojlantirish loyihasi noyabr oxirida ishga tushirilishi belgilandi. Bu maqsadda Chortoq shahrida yirik taqdimot marosimi oʻtkazilishi rejalashtirildi.
Maʼlumot uchun, Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining 100 million dollar krediti hamda Oʻzbekistonning 24,1 million dollarlik ulushi bilan hayotga tatbiq etilayotgan ushbu loyihaning tajriba-sinov shaharlari sifatida Yangiyoʻl, Kogon va Chortoq belgilangan. 2019—2021-yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar natijasida Chortoq zamonaviy infratuzilmaga ega obod ekoshaharga aylanishi koʻzda tutilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?