O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18 sentyabr kuni Amerika Qo‘shma Shtatlariga jo‘nab ketdi.
Avval xabar qilinganidek, Prezidentimiz BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasi umumiy muzokaralarida nutq so‘zlaydi. Nyu-York shahriga tashrifi doirasida BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish, Xalqaro valyuta fondi taqsimlovchi direktori Kristin Lagard, Jahon banki guruhi prezidenti Jim Yon Kim hamda BMT Bosh Assambleyasiga tashrif buyurgan boshqa davlat rahbarlari bilan uchrashib, muzokaralar o‘tkazadi.
Davlatimiz rahbari, shuningdek, keng doiradagi O‘zbekiston – Amerika biznes-forumida ishtirok etadi. Biznes-forum yakunlari bo‘yicha ikki davlat yetakchi firma va kompaniyalari rahbarlari o‘rtasida savdo-iqtisodiy, moliyaviy-sarmoyaviy sohalarda ko‘plab ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
Gollivudning eng uyatchan yulduzlari (foto)
Inson huquqlari bo‘yicha Malayziya komissiyasi komissari Samarqandda bo‘lib o‘tadigan forum haqida nimalar dedi?
“Chelsi”ning eng yomon o‘yinchilari nomi aytildi
“Chelsi” 2024 yilda kimlar bilan xayrlashadi?
YECHL 1/2 final. "Borussiya" ikkinchi o‘yinda ham g‘alaba qozonib, ilk finalchiga aylandi
Rogov: Xorijiy yollanma askarlar Ukraina uchun jang qilishdan bosh tortmoqda