Foto:“Asr.uz”
O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan bir necha diniy ta’lim muassasalar faoliyatini umumlashtiruvchi, yangi ta’lim muassasasi — O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tashkil qilinishi haqida xabar bergan edik.
Shuningdek, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi asosiy media tuzilma — “Ziyo” media markazi tashkil etiladi. Uning asosiy vazifasi: dinning asl insonparvarlik mohiyatini, O‘zbekistonlik allomalar islom va jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan diniy-ilmiy merosini, diniy-ma’rifiy hayotdagi yangiliklarni jamoatchilikka yetkazish bo‘ladi.
Vazirlar Mahkamasi uch oy muddatda “Ziyo” media markazi ishini samarali tashkil etish maqsadida uni aloqa vositalari, keng qamrovli Internet tarmog‘i, zamonaviy telestudiya, televizion uskunalar jamlanmasi, kompyuter texnikalari, dasturiy ta’minot va boshqa texnika vositalari bilan ta’minlaydi.
Shuningdek, “Ziyo” media markazi 2021 yilning 1 mayiga qadar tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha zamonaviy telestudiya tashkil etish uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalar, kompyuter va server texnikasi va boshqa moddiy-texnika resurslarini olib kirish uchun bojxona to‘lovlarini to‘lashdan ozod etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi