21:07 / 05.02.2017
5 664

«Manchester Siti» Jezusning so‘nggi daqiqalardagi goli evaziga «Suonsi»ni mag‘lub etdi

«Manchester Siti» Jezusning so‘nggi daqiqalardagi goli evaziga «Suonsi»ni mag‘lub etdi

Angliya chempionati 24-turidan o‘rin olgan «Manchester Siti» – «Suonsi» uchrashuvi o‘z nihoyasiga etdi. «Etixad Stedium»da «Suonsi»ni qabul qilgan «shaharliklar» so‘nggi daqiqalardagi gol evaziga raqibdan ustun keldilar.

Uchrashuvning 11-daqiqasida mezbonlar hujumchisi Gabriel Jezus «Siti»dagi debyut golini kiritdi va jamoasini oldinga olib chiqdi. 81-daqiqada «Suonsi» vakili Gilfi Tor Sigurdsson o‘rtadagi muvozanatni tikladi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda yana o‘sha Jezus dubl qayd etib, «shaharliklar»ga uch ochko taqdim etdi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng «Manchester Siti» uchinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi va peshqadam «Chelsi»dan 10 ochko ortda bormoqda.

Angliya chempionati, 24-tur

Manchester Siti – Suonsi 2:1

Gollar: 1:0 – 11 Gabriel Jezus, 1:1 – 81 Sigurdsson, 2:1 – 90(+3) Gabriel Jezus.

Manchester Siti – Kabalero, Kolarov, Stounz, Klishi, Fernandino, Silva (Fernando, 90), Ture, Sterling (Aguero, 83), de Bryuyne (Sabaleta, 78), Sane, Gabriel Jezus.

Suonsi – Fabianski, Fernandes, Olsson, Noton, Mouson, Kerroll (Dayer, 75), Kork, Rautledj (Narsinx, 65), Fer, Sigurdsson, Lorente (Baston, 83).

Ogohlantirishlar: de Bryuyne (42), Sterling (44), Lorente (60), Kork (75).

Manba: www.fut.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Manchester Siti» Jezusning so‘nggi daqiqalardagi goli evaziga «Suonsi»ni mag‘lub etdi