«Liverpul» jamoasi rahbari Jon Genri «Barselona»ning «Leganes»ga qarshi o‘tkizgan uchrashuvida «Nou Kamp» stadioniga tashrif buyurib, kataloniyalik hamkasblari bilan ish yuzasidan uchrashuv o‘tkazdi.
Sport nashrining xabariga ko‘ra, amerikalik biznesmen Ispaniyaga yarim himoyachi Filipp Koutino transferi borasida kelishuv o‘tkazish uchun tashrif buyurgan.
Katta ehtimol bilan, braziliyalik futbolchi yozgi transferlar mavsumida «Barselona» futboolchisiga aylanishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Koutino yaqinda «Liverpul» bilan 2022 yilga qadar yangi shartnoma imzolagandi.
Lekin, «Liverpul» sobiq hujumchisi Luis Suares ham «Barselona»ga o‘tishdan avval angliyaliklar bilan tezkor shartnomaga ega bo‘lib, oradan biroz vaqt o‘tib, «Barselona»ga transfer qilingan edi.
«Qizillar» sobiq himoyachsi Jeymi Karrager «Liverpul» rahbariyati sotishi kerak bo‘lgan futbolchilar bilan, avvalroq yangi shartnoma imzolashlarini ularning ish prinsiplari deya ta’kidlamoqda.
Ma’lumot uchun, Koutino joriy mavsum APLning 18 uchrashuvida maydonga tushib, 5ta foydali uzatma va shuncha gol urishga erishgan.
Manba: www.uff.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Si Szinpin Makronni omma oldida e’tibordan chetda qoldirdi
TikTok AQSH hukumatini sudga berdi
Devid Kemeron: “Dunyo Rossiyaning Ukrainadagi urushidan saboq olmadi”
Apple yangi iPad Air va iPad Pro taqdimotini o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev urush faxriylarini ziyorat qildi
Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi