22:59 / 10.03.2017
4 748

«PSJ»ga kiritilgan 6-goldan so‘ng Barselonada «mikrozilzila» qayd etildi

«PSJ»ga kiritilgan 6-goldan so‘ng Barselonada «mikrozilzila» qayd etildi

EChL 1/8 finali javob o‘yini doirasida kechgan «Barselona» va «PSJ» (6:1) uchrashuvi vaqtida Kataloniyada seysmik faollik qayd etilgan.

«Kamp Nou»dan uzoq bo‘lmagan joyda Jaum Almera nomidagi geoligiya ilmiy instituti mavjud. Institutda o‘rnatilgan seysmograf o‘yin vaqtida er qimirlashini qayd etgan.

Institut xodimi Jordi Diazning ta’kidlashicha «Barsa» ikkinchi va uchinchi gollarni kiritgan vaqtda tebranish meyordan oshib ketgan, 6-goldan so‘ng esa Rixter shkalasi bo‘yicha 1 balli er silkinishi qayd etilgan.

«O‘yinning so‘nggida hammasi o‘zgarib ketdi. Oltinchi gol kiritilgan vaziyatda bizning institutda shu kungacha aniqlangan eng jiddiy er silkinishi sodir bo‘ldi», - deydi Diaz.

Rixter shkalasi bo‘yicha 1 magnitudali er silkinishi «mikrozilzila» turkumiga kirib, odamlar uni kamdan-kam hollarda sezadilar, biroq uni seysmograf aniqlay oladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «PSJ»ga kiritilgan 6-goldan so‘ng Barselonada «mikrozilzila» qayd etildi