18:13 / 17.03.2017
8 101

“Gazprom” ning “Futbol do‘stlik uchun” xalqaro bolalar loyihasining beshinchi mavsumi start oldi

“Gazprom” ning “Futbol do‘stlik uchun” xalqaro bolalar loyihasining beshinchi mavsumi start oldi

Bugun “Gazprom” — FIFA va Futbol bo‘yicha 2018 jahon chempionatining rasmiy hamkori — “Futbol do‘stlik uchun” xalqaro bolalar loyihasining shu yil 26 iyun kunidan boshlab 3 iyul kunigacha Sankt-Peterburgda (Rossiya) bo‘lib o‘tadigan beshinchi mavsumi start olganini e’lon qildi.

2017 yilda loyihaning jo‘g‘rofiyasi ancha kengaydi: ishtirokchi-mamlakatlar soni -32 tadan 64 tagacha ikki hissa ko‘paydi. Bu yil ilk bor “Futbol do‘stlik uchun” loyihasida Meksika va AQSh dan keladigan bolalar ishtirok etadilar. Shunday qilib, loyiha to‘rtta qit’a –Afrika, Evroosiyo, Shimoliy va Janubiy Amerikaning yosh futbolchilarini birlashtirdi.

Beshinchi mavsum yangicha formatda o‘tadi. Har xil mamlakatlarning futbol klublarini ifoda qiladigan jamoalar o‘rniga yosh futbolchilar sakkizta baynalmilal terma – Do‘stlik Terma jamoalariga birlashtiriladilar.

Bugun ochiq qur’a tashlash davomida terma jamoalarning mamlakatlar bo‘yicha tarkibi, shuningdek ishtirokchi-mamlakatlarning vakillari uchun o‘yin pozisiyalari aniqlandi. O‘yinchilarni yakka tartibda tanlab olish ”Do‘stlik estafetasi” doirasida o‘tadi. “Futbol do‘stlik uchun” loyihasining xalqaro tashkiliy qo‘mitasi milliy futbol federasiyalari bilan birgalikda 2017 yilda o‘z mamlakatlarini ifoda qiladigan yosh futbolchilarni tanlab oladilar. Sakkiz kishilik jamoalar 12-14 yoshli o‘g‘il va qiz bolalar, shu jumladan imkoniyati cheklangan bolalardan shakllantiriladi.

Qur’a tashlash internet-konferensiya rejimida o‘tdi. Marosimda Do‘stlik Terma jamoalarining quyidagi yosh trenerlari qatnashdilar: Mixail Babich (16 yosh, Rossiya), Rene Lampert (15 yosh, Sloveniya), Stefan Maksimovich (15 yosh, Serbiya), Felipe Soares (17 yosh, Portugaliya), Charli Sui (12 yosh, Xitoy), Elvira Xersog (16 yosh, Shveysariya), Igor Grisyuk (14 yosh, Ukraina) va Brendon Shabani (15 yosh, Buyuk Britaniya), shuningdek loyihaning Xalqaro matbuot-markazi vakili Liliya Matsumoto (15 yosh, Yaponiya).

“Men 2016 yilgi mavsumda o‘yinchi sifatida ishtirok etgan edim. Loyihaning bir bo‘lagi bo‘lish- bu loyihaning har bir yosh elchisi uchun yangi imkoniyatlarni ochib beradigan ulkan muvaffaqiyat. Agar yoshim 12 da bo‘lsa, yangi mavsumning ishtirokchisi bo‘lish va boshqa yigitlar bilan birga futbol maydonining maysazorida to‘p tepib o‘ynash uchun qo‘limdan kelgan hamma narsani qilgan bo‘lar edim!, - dedi “Maribor” FK yoshlar tarkibining asosiy o‘yinchisi Rene Lampert.

25 aprel kuni Xalqaro Futbol va Do‘stlik kunini nishonlash doirasida o‘n minglarcha bolalar va kattalar dastur ishtirokchilariga qo‘shiladilar. Ularning har biri loyihaning rasmiy ramzi - tenglik va sog‘lom turmush tarziga ixlosmandlikning ramziy ifodasi bo‘lib xizmat qiladigan, ko‘k va yashil rangli iplardan tarkib topgan do‘stlik Bilaguzugini boylaydilar.

1 iyul kuni Sankt-Peterburgda Do‘stlik uchun Futbol bo‘yicha Xalqaro Chempionat bo‘lib o‘tadi, uning doirasida turli millat, jinsga mansub va jismoniy imkoniyatlarga ega yosh o‘yinchilardan tarkib topgan jamoalar maydonga tushishadi.

2 iyul kuni Beshinchi “Futbol do‘stlik uchun” Xalqaro Forumi bo‘lib o‘tadi, unda bolalar mashhur futbolchilar va jurnalistlar bilan birgalikda loyiha qadriyatlarining turli mamlakatlarda ilgari surilishi masalalarini muhokama qiladilar.

“Futbol do‘stlik uchun” loyihasining oxirida Forum ishtirokchilari “Sankt-Peterburg Arena” stadionida Konfederasiyalar kubogi - 2017 final o‘yinini tomosha qiladilar.

An’ana bo‘yicha, butun mavsum davomida Xalqaro bolalar matbuot-markazi ish olib boradi. Yosh jurnalistlar katta yoshdagi muxbirlar bilan bir qatorda barcha muhim tadbirlarga qatnashadilar.

“Gazprom” kelajakka mo‘ljallangan dunyo miqyosidagi loyihalarni amalga oshirmoqda va “Futbol do‘stlik uchun” bunga aynan muvofiq keladi. Atigi to‘rt yil mobaynida ishtirokchi – mamlakatlarning soni sakkiz marotaba ko‘paydi. Bu yil Sankt-Peterburgda bir paytning o‘zida to‘rt qit’aning yosh futbolchilari uchrashishadi. Bu esa ijtimoiy loyihamizning qadriyatlari butun sayyoramizdagi bolalar va o‘smirlar uchun tushunarli hamda muhim ekanligini bildiradi”, - dedi “Gazprom” OAJ Boshqaruvining raisi Aleksey Miller.

“Gazprom”ning tashabbusi – butun dunyodagi bolalarni tinglash imkoniyatini beradi. Biz “Futbol do‘stlik uchun” dasturining maqsadlari va eng muhim qadriyatlarini 100 foiz qullab-quvvatlaymiz". Biz dastur tashkiliy qo‘mitasining Futbol bo‘yicha FIFA 2018 jahon chempionatigacha barcha tashabbuslariga ko‘maklashishdan juda xursand bo‘lamiz” - dedi FIFA tijorat direktor Flipp Le Flok

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Gazprom” ning “Futbol do‘stlik uchun” xalqaro bolalar loyihasining beshinchi mavsumi start oldi