14:45 / 27.03.2017
5 566

Samvel Babayan: “Menga haykal qo‘yish shart emas”

Samvel Babayan: “Menga haykal qo‘yish shart emas”
Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionining anjumanlar zalida ertaga bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston - Qatar uchrashuvi oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda Samvel Babayan jurnalistlar savollariga javob berdi, deb yozadi Qalampir.uz sayti.

“Malayziyada qayd etilgan natijalar uchun muxlislar oldida uzr so‘rayman. Deyarli barcha o‘yinlar g‘alaba va mag‘lubiyat orasida turadi. Suriya bilan o‘yinda qayerdadir men xato ham qilgandirman. Afsuski, optimal tarkibda o‘ynay olmayapmiz, — deya gap boshladi Babayan. — Denisov ertaga maydonga tusha olmaydi. Bundan afsusdamiz. Guruhdagi kurash so‘nggi turgacha davom etadi. Raqiblar ham ochko yo‘qotmoqda. Asosiy maqsadimiz g‘alaba qozonish va JCh ga yo‘l olish”.

Samvel Babayan iste’fo va tarkib haqida savolga quyidagicha javob berdi:

“Ayni vaqtda eng kuchli tarkibga ega ekanimiz haqidagi so‘zlardan qochmayman. Bu haqiqatan ham shunday. Balki erataga ham iste’foga chiqarman. Asosiysi, O‘zbekiston MTJ JChga yo‘l olishi kerak. O‘zbekiston futbol federasiyasi bizga barcha sharoitlarni qilib beryapti. Menga haykal qo‘yish shart emas”.

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun avval ommaviy axborot vositalari orqali O‘FF qoshidagi Terma jamoalar markazi xodimining "Murabbiylarimizga haykal qo‘yish kerak", degan gapi turli muhokamalarga sabab bo‘lgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Samvel Babayan: “Menga haykal qo‘yish shart emas”