19:24 / 02.04.2017
5 645

Oliy liga. 4-turdagi eng ko‘p muxlis qaysi stadionga keldi?

Oliy liga. 4-turdagi eng ko‘p muxlis qaysi stadionga keldi?
Bu tur 8ta o‘yinni ko‘rish uchun 37899 nafar tomoshabin keldi. O‘rtacha har bir o‘yinga 4737 nafar muxlis to‘g‘ri keladi, deb xabar berdi «Championat.asia».

Eng ko‘p muxlis Samarqandda "Dinamo" - "Navbahor" uchrashuviga keldi - 13105. Bu o‘yinga kira olmay stadion tashqarisida ham qolib ketgani haqida ma’lumotlar bor.

Navoiydagi "Qizilqum" - "Buxoro" bahsiga ham 10 mingdan ziyod tomoshabin keldi.

Eng kam tomoshabin esa Toshkentdagi "Obod" - "Bunyodkor" uchrashuviga tashrif buyurdi - 721.

4-tur. 30 mart (payshanba)

«Dinamo» (Samarqand) – «Navbahor» (Namangan) – 0:1.13105 tomoshabin.

«Qizilqum» (Navoiy) – «Buxoro» (Buxoro) – 0:1. 10103 tomoshabin.

«Neftchi» (Farg‘ona) – «Qo‘qon-1912» (Qo‘qon) – 1:2. 4263 tomoshabin.

«Nasaf» (Qarshi) – «So‘g‘diyona» (Jizzax)– 4:0. 4122 tomoshabin.

«Mash’al» (Muborak) – «Paxtakor» (Toshkent)– 3:0. 3447 tomoshabin.

«Lokomotiv» (Toshkent) – «Olmaliq» (Olmaliq) – 5:0. 1252 tomoshabin.

«Metallurg» (Bekobod) – «Sho‘rtan» (G‘uzor)– 4:2. 936 tomoshabin.

«Obod» (Toshkent) – «Bunyodkor» (Toshkent)– 1:1. 721 tomoshabin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Oliy liga. 4-turdagi eng ko‘p muxlis qaysi stadionga keldi?