6 336
Odil Ahmedov «Paxtakor»da qancha oylik olgani, nega Fransiyani emas Xitoyni tanlagani haqida
O‘zbekiston terma jamoasi «Shanghay SIPG» klubi yarimhimoyachisi Odil Ahmedov «Futbol» nashriga bergan intervyusida «Paxtakor»dagi dastlabki oyligi va Xitoyga o‘tishidan oldin Fransiya chempionatidan bo‘lgan taklif haqida gapirib o‘tdi.
«Qishda menga arab jamoalaridan jiddiy taklif bo‘lgandi. Umuman arab jamoalari meni anchadan beri o‘ziga chorlab kelishadi. Shuningdek Fransiya chempionatidan ham aniq taklif bo‘lgandi. Men pulni tanlab Xitoyga ketganim yo‘q. Shunchaki fransuzlar «Krasnodar» so‘ragan pulni topib bera olishmadi. «Shanghay» esa buning uchun zarur pulni to‘lay oldi.
Xitoyda «Krasnodar»dagidan ko‘ra, biroz ko‘proq maosh olaman. Ammo yana qaytaraman Xitoyga aniq pulni deb ketganim yo‘q. Men uchun pul hech qachon birinchi o‘rinda turmagan. Misol uchun «Paxtakor»da qancha oylik olganimni bilasizmi? 100 dollardan ham kamroq. Hozirgi yoshlar bu pulga hattoki mashg‘ulotda ham qatnashmaydi.
Men shugina pulga ham borimni berib o‘ynaganman. Oldimga bitta maqsad qo‘ygandim: yaxshi futbolchi bo‘lish, hech qanday o‘rtamiyona bo‘lib qolmaslik.
Oyligim faqat yo‘lkiraga etardi. Ammo shuning o‘zi ham katta gap edi. Hozir yoshlar millionlab topa olishi mumkin. Ularni kuzatsang, ajoyib iqtidor ekaniga guvoh bo‘lasan. Oradan 2-3 yil o‘tib ularni kuzatsang, butunlay yo‘qolib ketishadi. Bularning barchasiga pul sababchi», degan Ahmedov. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?