14:53 / 22.04.2017
6 246

Mbappening Messi va Ronaldudan zo‘rroq ekanligiga 5 isbot

Mbappening Messi va Ronaldudan zo‘rroq ekanligiga 5 isbot
Joriy haftadagi evrokuboklarning asosiy yakuni: Kilian Mbappe – fantastik darajadagi o‘yinchi. U Messi va Ronaldudan qandaydir jihati bilan ustunroq ekani ham aniq deb yozadi Kun nashri.

1. Har bir uchrashuvda gollar

Yaqindagina Mbappe haqida hech kim eshitmagan ham edi. Endi esa u Evropaning istalgan klubidan taklif olishi aniq. Mbappe EChLda asosiy tartibda to‘rt bora maydonga tushdi va har gal to‘p kiritdi. Fransiyalik o‘yinchi «Manchester Siti» va «Borussiya» darvozasiga beshta to‘p urdi. Mbappe – EChL pley-off bosqichidagi o‘zining ilk to‘rtta bahsining har birida to‘p urgan dunyodagi yagona futbolchi (asosiy tarkibdagi o‘yinlar hisobga olingan).

2. Ikki oyoqdan zarba berish
Mbappe hisobida yana bir rekord bor. U EChL pley-off bosqichida har ikki oyog‘idan ham gol urgan eng yosh futbolchi hisoblanadi. Biroq, Mbappe ko‘pchilik to‘plarini o‘ng oyog‘ida urgan. Darvoqe, yosh yigit kiritgan to‘plarini noodatiy tarzda ham nishonlaydi. U qo‘llarini qo‘ltig‘i ostiga shunday tarzda yashiradi:


3. Het-triklar
Mbappe 19 yoshga to‘lguniga qadar ikkita het-trik qildi. 2016 yilning dekabrida fransuz Liga kubogida «Renn»ga uchta gol urgan bo‘lsa, 2017 yilning fevralida Fransiya chempionatida «Mets» bilan o‘yinda het-trik qayd etdi. Messi ham, Ronaldu ham 19 yoshigacha rasmiy o‘yinda uchta to‘p kirita olmagan. Shunisi qiziqki, portugaliyalik Mbappening eng sevimli o‘yinchisi bo‘lgan, ular hattoki 2012 yilda birga suratga ham tushishgan.


4. Chempionatdagi sermahsullik
18 yoshli Mbappe Fransiya chempionatida 13 ta to‘p urishga muvaffaq bo‘ldi. Messi esa 19 yoshigacha Primerada ettita, Ronaldu bo‘lsa – APLda bitta va Portugaliya chempionatida uchta gol kiritgan. Ayni damda Mbappe maydonda o‘tkazgan vaqtiga nisbatan «gol+pas» tizimi bo‘yicha etakchidir (penaltidan urilgan gollar hisobga olinmaydi).

5. EChLdagi barqarorlik
Mbappe EChLda o‘zining to‘rtta dastlabki o‘yinida asosiy tarkibda tushib, gol urgan oltinchi futbolchiga aylandi. Ronaldu va Messi bu oltilikka hattoki kirmagan. Oxirgi shunday o‘yinchiga Diego Kosta 2014 yilda aylangandi.

Kecha esa Mbappe EChL chorak final javob uchrashuvlari yakunlari bo‘yicha haftaning eng yaxshi o‘yinchisi, deb topildi. Bu nomga shuningdek, «Yuventus» yarim himoyachisi Xuan Kuadrado, «Bavariya» xavbeki Aren Robben va «Lester Siti» hujumchisi Jeymi Vardi ham da’vogarlik qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mbappening Messi va Ronaldudan zo‘rroq ekanligiga 5 isbot