15:32 / 12.07.2017
5 180

FIFA Neymarning transferini qonuniy deb topdi

FIFA Neymarning transferini qonuniy deb topdi
Xalqaro futbol federasiyasi hujumchi Neymarning "Santos"dan "Barselona"ga o‘tishini qonuniy deb tan oldi.

Braziliya klubi 2015 yilning may oyida FIFAga e’tiroz bildirib, "Barselona", Neymar va N&N Consultoria kompaniyasi qoidalarni buzganini ma’lum qilgan edi. "Santos" Neymar transferi uchun 17 mln. evro olgan, qolgan mablag‘ (58,5 mln. evro) esa N&N Consultoria kompaniyasiga nasib etdi.

Endi ushbu qarorga apelyasiya berish uchun "Santos"da 10 kun bor. Oldinroq Neymar huquqlarining bir necha foiziga egalik qiluvchi DIS investitsion kompaniyasi futbolchini jazolashni so‘ragan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » FIFA Neymarning transferini qonuniy deb topdi