10:31 / 04.08.2017
5 098

Xitoy termasi O‘zbekistonni yutish uchun maydonga chiqadi

Xitoy termasi O‘zbekistonni yutish uchun maydonga chiqadi
Ushbu yurt matbuotidan olgan xabarlarga qaraganda, Xitoy O‘zbekistonga qarshi o‘yinda g‘alaba qozonmoqchi ekan.
Yaxshi bilasiz, 31 avgust kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi Chin yurtining Uxan shahrida Xitoy termasiga qarshi JCh-2018 saralash uchrashuvida maydonga chiqadi.

O‘yinning qiymati haqida ortiqcha gapirib o‘tirishning hojati yo‘q.

Ikki jamoada ham hali nazariy imkoniyatlar saqlanib turibdi. Ushbu yurt matbuotidan olgan xabarlarimizga qaraganda, Xitoy futbolchilari O‘zbekistonga qarshi o‘yinda g‘alaba qozonmoqchi ekan.

Umuman, Marchello Lippi shogirdlari qolgan ikki uchrashuvni g‘alaba bilan yakunlashmoqchi.

Bu esa bizga ogohlik qo‘ng‘irog‘i bo‘lib yangrashi kerak. Umid qilamiz Samvel Babayan ham o‘z navbatida termamizni o‘sha o‘yinga etarlicha tayyorlay oladi.

Buyog‘i oz qolmoqda...


Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xitoy termasi O‘zbekistonni yutish uchun maydonga chiqadi