18:50 / 08.08.2017
5 158

Florentino Peres "qovun tushirdi"

Florentino Peres "qovun tushirdi"
Madridning "Real" klubi prezidenti Florentino Peres portugaliyalik Ronaldoning jamoadagi o‘rni va transfer narxi borasida fikr bildirdi.

Jamoa o‘z etakchisini qanday summaga sotishga rozi bo‘lishi haqidagi savolga Florentino Peres quyidagicha javob berdi: "Ronaldoni, uning vaznichalik oltin taklif qilishsa ham sotmaymiz".

Eslatib o‘tamiz, 1 kg oltin narxi 34500 €, Krishtianuning vazni 80 kgligini inobatga olsak, futbolchining narxi 2 760 000 € tashkil etgan bo‘lardi.

Janob prezident gapini o‘ylamay aytib qo‘ydi chog‘i. Sababi, kuni-kecha Moskvaning "Spartak" klubi yarim himoyachi Noyshtedter uchun 3 million evro to‘lab berishi haqida xabar chiqqandi.

Manba: Championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Florentino Peres "qovun tushirdi"