date

BAA fuqarolariga uch davlatga safar qilish cheklab qo‘yildi

BAA fuqarolariga uch davlatga safar qilish cheklab qo‘yildi

Birlashgan Arab Amirliklari Tashqi ishlar vazirligi mintaqadagi keskinlashib borayotgan vaziyat sababli yangi cheklov joriy qildi. Unga ko‘ra, mamlakat fuqarolarining Eron Islom Respublikasi, Iroq Respublikasi va Livan Respublikasiga safar qilishlari vaqtincha qat’iyan taqiqlandi.

Vazirlik bayonotida ushbu qaror mintaqada yuz berayotgan so‘nggi siyosiy va xavfsizlik bilan bog‘liq o‘zgarishlar bilan izohlangan. Rasmiylar mazkur hududlarda xavf darajasi ortgani bois fuqarolar hayoti va xavfsizligini ta’minlash ustuvor vazifa ekanini ta’kidlagan.

Shuningdek, ayni paytda ushbu uch davlat hududida bo‘lib turgan BAA fuqarolariga zudlik bilan vatanga qaytish tavsiya etildi. Bu choralar favqulodda vaziyatlarning oldini olish va fuqarolarni mumkin bo‘lgan xavflardan himoya qilish maqsadida qabul qilingan.

Tashqi ishlar vazirligi xorijdagi fuqarolar bilan doimiy aloqada bo‘lib, ularning holatini kuzatib borishini bildirdi. Shuningdek, barcha fuqaro va sayohatchilarga berilayotgan rasmiy ogohlantirishlarga qat’iy amal qilish zarurligi alohida qayd etildi.

Mazkur qaror BAAning fuqarolar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan siyosatining bir qismi ekani ham urg‘ulandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » BAA fuqarolariga uch davlatga safar qilish cheklab qo‘yildi