date

Apple kompaniyasining 2-chorakdagi rekord yutuqlari iPhone 17 savdolari bilan bog'landi

Apple kompaniyasining 2-chorakdagi rekord yutuqlari iPhone 17 savdolari bilan bog'landi

"Apple" kompaniyasining iPhone 17 liniyasi brend tarixidagi eng ommabop smartfonlarga aylandi. Bu haqda kompaniya moliya direktori Kevan Parex "Financial Times" nashriga bergan intervyusida ma'lum qildi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Kevan Parex va bosh direktor Tim Kuk 2026-yilning ikkinchi choragidagi yuqori moliyaviy natijalarni aynan iPhone savdolari bilan izohladi. O'tgan chorakda kompaniya 111,2 milliard dollar daromad va 29,6 milliard dollar sof foyda ko'rganini e'lon qildi.

Tim Kukning ta'kidlashicha, yangi qurilmalarga bo'lgan talab juda yuqori, biroq taklif cheklangan. Hozirgi vaqtda ta'minot zanjirida kerakli butlovchi qismlarni yetarli miqdorda olish bo'yicha qiyinchiliklar kuzatilmoqda.

Smartfonlar savdosi "TSMC" tomonidan ishlab chiqariladigan A19 va A19 Pro chiplari yetishmovchiligi tufayli sekinlashgan. Bunga "TSMC" korxonasining sun'iy intellekt chiplarini ham ishlab chiqarayotgani sabab bo'lmoqda.

Shuningdek, xotira chiplari narxining oshishi kutilmoqda. Tim Kuk 2026-yilning ikkinchi choragida xotira xarajatlari sezilarli darajada o'sishini ta'kidladi.

Bu holat sentyabr oyida taqdim etilishi kutilayotgan iPhone 18 liniyasiga ham ta'sir qilishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Apple kompaniyasining 2-chorakdagi rekord yutuqlari iPhone 17 savdolari bilan bog'landi