"Bavariya" bosh murabbiyi Devisning jarohatdan qutulganini e'lon qildi

"Bavariya" bosh murabbiyi Vinsent Kompani himoyachi Alfonso Devisning jarohatdan qutulganini tasdiqladi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Devis Chempionlar ligasi doirasida "PSJ"ga qarshi o'tgan uchrashuvning tanaffusida almashtirilgan edi. Murabbiyning ta'kidlashicha, futbolchi ehtiyot chorasi sifatida yakkaxon shug'ullangan, ammo tezda umumiy guruhga qaytgan.
Shuningdek, mushak jarohati sababli so'nggi beshta o'yinni o'tkazib yuborgan 20 yoshli Tom Bishof ham safga qaytishi kutilmoqda. Yana bir jarohatlangan futbolchi Lennart Karl esa navbatdagi bahsni o'tkazib yuboradi.
Kompani "Xaydenxaym"ga qarshi uchrashuvda zaxira darvozaboni Yonas Urbig asosiy tarkibda maydonga tushishini ma'lum qildi. Klub sport direktori Kristof Froynd esa Manuel Noyer bilan yangi shartnoma bo'yicha muzokaralar davom etayotganini bildirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!