Zarina Yo‘ldosheva kiyinish uslubi haqida izoh berdi

Zarina Yo‘ldosheva kiyinish uslubi haqida izoh berdi
Qisqacha

Zarina Yo'ldosheva "Navо mehmonda" loyihasida kiyinish uslubi haqida fikr bildirdi. Uning aytishicha, kiyinish uslubi zamonaviy trendlar bilan bog'liq emas, balki shaxsiy did va qarashlar natijasidir. Zarina, onasi tarbiyasi tufayli o'ziga yoqadigan kiyimlarni tanlab kiyishini ta'kidlab, mashhurlik ortishi bilan o'zgarishlar bo'lmaganini aytdi. U Instagram platformasini yaxshiroq tushunib, o'z sahifasini yuritishni o'rganganini ham qo'shimcha qildi.

Aktrisa Zarina Yo‘ldosheva “Navo mehmonda” loyihasidagi suhbatda o‘zining kiyinish uslubi haqida ochiq fikr bildirdi. Unga ko‘ra, uning bugungi uslubi zamonaviy trendlar ta’sirida emas, balki yillar davomida shakllangan shaxsiy did va qarashlar mahsuli hisoblanadi.

“Onam meni bolaligimdan shunday tarbiya qilganlar: nima yarashsa, o‘shani kiygin, der edilar. Shuning uchun men o‘zimga yoqqan va yarashgan kiyimlarni tanlab kiyib kelganman. Hozirgacha hech kim ‘buni kiymagin’ yoki ‘bunday kiyinish mumkin emas’ deb aytmagan”, deydi aktrisa.

Uning ta’kidlashicha, ba’zi paytlarda yopiq, ba’zan esa ochiq uslubdagi kiyimlarni tanlaydi — bu uning kayfiyati va tanloviga bog‘liq.

“Ko‘pchilik ‘siz o‘zgargansiz’ deb izoh qoldiradi. Aslida esa men avval ham shunday kiyinganman, faqat ilgari Instagramdan faol foydalanishni yaxshi bilmaganman. Endi esa platformani yaxshiroq tushunib, o‘z sahifamni yuritishni o‘rganyapman”, deydi u.

Zarina Yo‘ldosheva o‘z so‘zida u mashhurlikka erishgach o‘zgargani haqidagi fikrlarni rad etib, uning kiyinish uslubi azaldan shunday bo‘lganini qayd etdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar