00:55 / 19.08.2017
4 832

“Nasaf” 2010 yildan buyon ilk marta “Bunyodkor”dan ochko ololmadi

“Nasaf” 2010 yildan buyon ilk marta “Bunyodkor”dan ochko ololmadi
Oliy liganing 18-turida Qarshining “Nasaf” jamoasi o‘z maydonida “Bunyodkor”ga taslim bo‘ldi.

Otabek Shukurovning penaltidan urgan goli “qaldirg‘ochlar”ni Qarshidan uch ochko bilan qaytishlariga kifoya qildi.

Natijada ushbu mag‘lubiyatdan keyin “Nasaf” joriy mavsumda ilk marta o‘z uyida raqibga ochko ulashdi. Berdiev shogirdlari joriy mavsumda ilk marta ketma-ket ikki uchrashuvda mag‘lub bo‘lish bilan birga, 180 daqiqadan buyon raqib darvozasiga gol urishni ham eplay olishmayapti.

Qolaversa qarshiliklar 2010 yildan buyon ilk marta mavsumning har ikkala bahsida ham “Bunyodkor”ga yutqazishdi. Birinchi davrada Toshkentda o‘tgan bellashuvda ham Berdiev shogirdlari 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘yishgandi.

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Nasaf” 2010 yildan buyon ilk marta “Bunyodkor”dan ochko ololmadi