Boks, JCh–2017: Bugun yana 5 bokschimiz chorak final yo‘llanmasi uchun ringga ko‘tarilishadi

  • 28 avgust 2017, 08:53
  • 3 387
  • Sport
  • Boks, JCh–2017: Bugun yana 5 bokschimiz chorak final yo‘llanmasi uchun ringga ko‘tarilishadi
    Germaniyaning Hamburg shahrida AIBA shafeligi ostida boks bo‘yicha Jahon chempionatining uchinchi kuni bokschilarimiz uchun yakunlandi.

    27 avgust kuni o‘tkazilgan janglarda 56 kg vaznda Murodjon Ahmadaliyev qozog‘istonlik Qayrat Yeraliyevga yengildi va musobaqani tark etdi. 64 kg vaznda Iqboljon Xoldorov kolumbiyalik Jon Guterresni, 91 kg.gacha bo‘lgan vaznda Sanjar Tursunov argentinalik Yara Peraltani, 49 kg.gacha bo‘lgan vaznda Hasanboy Do‘smatov kosta-rikalik Robinson Rodrigesni ochkolar bo‘yicha, 75 kg.gacha bo‘lgan Isroil Madrimov turkmanistonlik Aziz Ochilovni muddatidan oldin yengib, to‘rt sportchimiz chorak finalga yo‘l olishdi.

    Bugun, 28 avgust — musobaqaning to‘rtinchi kunida ikkinchi saralash bosqichida yana 5 bokschimiz chorak finalga yo‘l olish uchun ringga ko‘tarilishadi.

    Janglarning barchasini UzReport telekanali orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin. (Uchrashuvlarning boshlanishi Toshkent vaqti bilan belgilangan jadval bo‘yicha berilmoqda. Janglarning cho‘zilish yoki muddatidan oldin tugashi e’tiboridan, boshlanish soati daqiqalarga farq qilishi mumkin)

    52 kg. Ikkinchi saralash bosqichi. 28 avgust. 22:00
    Jasurbek Latipov (O‘zbekiston) - Daniel Asenov (Bolgariya)

    60 kg. Ikkinchi saralash bosqichi. 28 avgust. 18:45
    Elnur Abduraimov (O‘zbekiston) - Karen Tonakanyan (Armaniston)

    69 kg. Ikkinchi saralash bosqichi. 28 avgust. 19:15
    Shahram G‘iyosov (O‘zbekiston) - Yevgeniy Barabanov (Ukraina)

    81 kg. Ikkinchi saralash bosqichi. 28 avgust. 23:45
    Bektemir Meliqo‘ziyev (O‘zbekiston) - Muslim Gajimagomedov (Rossiya)

    91+ kg. Ikkinchi saralash bosqichi. 28 avgust. 20:15
    Bahodir Jalolov (O‘zbekiston) – Kem Larssen (Daniya)

    29 avgust kuni esa chorak finalchilarimiz quyidagi raqiblariga qarshi musobaqani davom ettirishadi:

    49 kg. Chorak final. 29 avgust
    Hasanboy Do‘smatov (O‘zbekiston) - Amit (Hindiston)

    64 kg. Chorak final. 29 avgust
    Iqboljon Xoldorov (O‘zbekiston) - Artyom Harityunyan (Germaniya)

    75 kg. Chorak final. 29 avgust
    Isroil Madrimov (O‘zbekiston) - Troy Isli (AQSh)/Hussom Bakr Obiddin (Misr) g‘olibiga qarshi

    91 kg. Chorak final. 29 avgust

    Sanjar Tursunov (O‘zbekiston) – Roy Korving (Niderlandiya)

    Manba: Kun.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Boks, JCh–2017: Bugun yana 5 bokschimiz chorak final yo‘llanmasi uchun ringga ko‘tarilishadi