01:30 / 29.08.2017
5 285

Gamburg-2017: Bektemir Meliqo‘ziyev ishonchli tarzda g‘alaba qozondi

Gamburg-2017: Bektemir Meliqo‘ziyev ishonchli tarzda g‘alaba qozondi
Gamburg shahrida davom etayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatida hamyurtimiz Bektemir Meliqo‘ziyev ham o‘z ishtirokini boshladi.

Olimpiya o‘yinlaridan so‘ng o‘z vaznini 75 kgdan 81 kgga o‘zgartirgan bokschimizga musobaqada birinchi bo‘lib rossiyalik Muslim Gadjimagomedov raqiblik qildi.

Chorak final yo‘llanmasi uchun kechgan qiziqarli qarama-qarshilikda Bektemir o‘zining tezkor va juda ham kuchli zarbalari yevaziga raqibiga muammolar tug‘dira oldi va hakamlar xulosasiga ko‘ra 4:1 hisobida g‘alaba qozonib, chorak final yo‘llanmasiga ega chiqdi.

Endi Bektemir keyingi bellashuvni 29 avgust kuni kechki dasturda qozog‘istonlik Yerik Aljanovga qarshi o‘tkazadi.

Manba: Sports.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Gamburg-2017: Bektemir Meliqo‘ziyev ishonchli tarzda g‘alaba qozondi