6 567
U-23 Osiyo chempionatiga qur’a tashlandi: O‘zbekistonning guruhdagi raqiblari aniq bo‘ldi
Xitoyning Chanchjou shahridagi Trader Fudu mehmonxonasida bugun, 24 oktyabr kuni U-23 Osiyo chempionati–2018 guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Qit’a birinchiligiga 16 ta jamoa yo‘llanma olgan edi. Ular reytingiga mos ravishda quyidagi savatchalarga ajratilgandi.
1-savatcha: Xitoy (mezbon), Yaponiya, Janubiy Koreya, Iroq;
2-savatcha: Qatar, Iordaniya, KXDR, Avstraliya;
3-savatcha: O‘zbekiston, Suriya, Saudiya Arabistoni, Tailand;
4-savatcha: Vetnam, Ummon, Falastin, Malayziya.
Bo‘lib o‘tgan qur’a natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston U-23 termasi “A” guruhidan joy oldi. Ravshan Haydarov shogirdlari guruh bosqichida Xitoy, Qatar va Ummon bilan kuch sinashadigan bo‘ldi. Qolgan guruhlar quyidagi ko‘rinishni oldi:
“A” guruhi: Xitoy, Qatar, O‘zbekiston, Ummon;
“B” guruhi: Yaponiya, KXDR, Tailand, Falastin;
“C” guruhi: Iroq, Iordaniya, Saudiya Arabistoni, Malayziya;
“D” guruhi: Janubiy Koreya, Avstraliya, Suriya, Vetnam.
Ma’lumot uchun, U-23 Osiyo chempionati 2018 yilning 9–27 yanvar kunlari Xitoyda bo‘lib o‘tadi. Ravshan Haydarov bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston U-23 terma jamoasi BAAda bo‘lib o‘tgan saralash bosqichi “D” guruhida 1-o‘rinni egallagan holda Xitoydagi Osiyo chempionati–2018 musobaqasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgandi.
Manba: www.the-uff.com “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi