21:24 / 25.11.2017
5 122

Sanjar Tursunov finalga yo‘l oldi

Sanjar Tursunov finalga yo‘l oldi
Rossiyaning Beloyarskiy shahrida o‘tayotgan boks bo‘yicha “Neft mamlakatlari kubogi”da yarim final bellashuvlari o‘tkazildi.

-91 kg vazn toifasida ringga chiqqan bokschimiz Sanjar Tursunov mazkur qarama-qarshilikda belaruslik Sergey Kornev bilan kuch sinashdi va vakillarimizning muvaffaqiyatli yurishlarini davom ettirdi.

Shunday qilib, ertangi final bellashuvlarida Hasanboy Do‘smatov (52 kg), Iqboljon Xoldorov (64), Isroil Madrimov (75 kg) va Sanjar Tursunov (-91 kg) ishtirok etishadi.

Eslatib o‘tamiz, bokschimiz bundan oldingi jangda latviyalik Vladislav Levshani mag‘lub etgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Sanjar Tursunov finalga yo‘l oldi