Futbol bo‘yicha O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Taylandda o‘tgan Xalqaro musobaqa finalida Yaponiya terma jamoasini mag‘lubiyatga uchratib, chempionlikni qo‘lga kiritgani haqida xabar berilgandi.
Bugun terma jamoamiz vakillari tong saharda yurtimizga qaytib kelishdi. Chempionlarni Islom Karimov nomidagi Toshkent Xalqaro Aeroportida O‘FF mas’ullari, futbolchilarning yaqinlari, muxlislar va OAV xodimlari tantanali ravishda kutib olishdi.
O‘FF vitse-prezidenti Shoakrom Isroilov vakillarimiz qo‘lga kiritgan bu natija katta g‘alabalarning boshlanishi ekanini, mazkur futbolchilar kelgusida milliy terma jamoamiz tarkibida ham shunday yutuqlarga erishib, xalqimizni xursand qilib yurishi uchun birgalikda harakat qilish zarurligini ta’kidladi.
Yoshlar terma jamoamiz bosh murabbiyi Ravshan Haydarov xalqaro musobaqa haqida quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:
“Bu musobaqa yanvarda boshlanadigan Osiyo chempionati oldidan biz uchun tayyorgarlik vazifasini bajarib berdi. Musobaqa davomida futbolchilarning holatini ko‘zdan kechirib, turli taktikalarni sinovdan o‘tkazdik. Asosiy maqsadimiz yanvarda Xitoyda bo‘ladigan Osiyo chempionatida munosib ishtirok etish. Tarkibimizdagi ko‘plab yoshlar katta salohiyatga ega. Ularning darajasini yanada oshirib, milliy terma jamoaga munosib nomzodlarni tayyorlash uchun qo‘limizdan kelgancha harakat qilamiz”. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
Superligada aprel oyining eng yaxshisi bo‘lishga nomzodlar
Kilian Mbappe «PSJ»ni tark etishini rasman e’lon qildi
BMT Isroilni xalqaro huquqning barcha normalarini buzganlikda aybladi
Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi
O‘zbekistonda Vengriya va Yevropa kompaniyalari uchun maxsus iqtisodiy zona ishga tushiriladi
Tuxel "Real"ga qarshi o‘yin haqida: "Hamma narsa bo‘lishi mumkin. Bu "Bavariya" uchun oxirgi imkoniyat"