
Foto: azerbaycan24.com
Belarus prezidenti Vladimir Lukashenko mamlakat qurolli kuchlari bosh shtabi raisini lavozimidan bo‘shatdi. Bu haqda “TASS” nashri xabar berdi.
Voqea haqida dastlab Belarus prezidenti matbuot xizmati xabar bergan. Bosh shtab raisi keksa yoshi sababli vazifasidan ozod qilingani ma’lum qilingan.
Manbaga ko‘ra, general mayor Viktor Gulevich Bosh shtab raisi va mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ham to‘la ozod qilingan. Shu bilan birgalikda uning unvon va ko‘krak nishonlarini taqish huquqi saqlab qolingan.
Ma’lumot o‘rnida, Viktor Vladimirovich Gulevich 1969 yil 14 mayda Minsk viloyati, Slutsk tumanida tug‘ilgan. 2021 yil 11 martidan Belarus Bosh harbiy shtabi rahbari va mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.
Viktor Gulevich Rossiya va Ukraina urushini qo‘llab-quvvatlagani uchun G‘arb tomonidan sanksiyalarga uchragan. General rasman Yevropa Ittifoqining 27 mamlakati sanksiyalari ro‘yxatiga tushgan.
Belarus PrezidentiQurolli KuchlarBosh ShtabViktor GulevichMudofaa VaziriSanksiyalar Ro‘yxati O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar