Checheniston Respublikasi rahbari Ramzon Qodirov JCh-2018 o‘tkazilishi vaqtida Misr terma jamoasi eng yuqori darajada kutib olinishi haqida va’da berdi, deb ma’lum qilmoqda Kun nashri.
«Misr terma jamoasining Grozniyda to‘xtash haqidagi qarori bizning respublika obro‘si uchun katta ahamiyatga ega. Bu Checheniston Respublikasining sportni rivojlantirish va ommalashtirish sohasidagi muvaffaqiyatlari xalqaro darajada tan olinganidan dalolat. Bu ishlarning boshida bizning birinchi prezident, Rossiya Qahramoni Ahmad Hoji Qodirov turgan», - dedi u.
Shuningdek Qodirovning ta’kidlashicha, Misr terma jamoasini eng yuqori darajada kutib olish kerak, bu asrlar davomida saqlanib kelgan mehmondo‘stlik an’analariga xosdir.
«Bizda keng ko‘lamli xalqaro tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha katta tajriba bor. Ishonchim komilki, muammolar bo‘lmaydi. Biz shunday qilishimiz kerakki, mehmonlarda respublikamiz haqida yomon fikrlar paydo bo‘lmasin», - deya aytib o‘tdi Qodirov. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi