Shu yilning 23 yanvar kuni O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse prezidenti Umid Ahmadjonov Parijda Fransiya futbol federatsiyasi mutassaddilari bilan uchrashib,yurtimizda futbolni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qilish borasida kelishuvga erishgandi.
Jumladan, Fransiya futbol federatsiyasi prezidenti mahkamasi boshlig‘i Janob Kenni Jan Mari uchrashuv davomida bolalar futboli bo‘yicha fransiyalik mutaxassislarni O‘zbekistonga olib kelish, yurtimizdagi yosh futbolchilarni Fransiya jamoalariga jalb qilish, superligada ishtirok etadigan jamoalarning saviyasini oshirish, ularning ish faoliyatini Yevropa andozalari asosida yo‘lga qo‘yish maqsadida klublar bosh direktorlari va akademiyalar rahbarlarini Parijga malaka oshirish va tajriba o‘rganishga yuborish masalalari muhokama qilingandi.
O‘FA xabariga ko‘ra shu yilning 14 mart kuni Fransiya futbol federatsiyasi vakillari janob Kenni Jan Mari va Lyudovik Debryu yurtimizga tashrif buyurishadi. Ular superliga klublarining marketing bo‘yicha mutaxassislari ishtirokidagi seminarlarida o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, klublarimizning marketing bo‘yicha faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga yordam berishadi. Shuningdek, bolalar futboli murabbiylari va seleksionerlar ishi bilan yaqindan tanishib, ularga amaliy maslahatlar berishi ko‘zda tutilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi