20:53 / 01.03.2018
4 085

“Uzbek Tigers” - “Colombia Heroicos”. Birinchi jangda mag‘lubiyat

“Uzbek Tigers” - “Colombia Heroicos”. Birinchi jangda mag‘lubiyat
Bugun, 1 mart kuni Toshkentdagi O‘zbekiston taekvondo assotsiatsiyasiga qarashli “Universal” sport majmuasida katta boks kechasi tashkil etildi.

WSB seriyasiga kiruvchi musobaqada ishtirok etayotgan “Uzbek Tigers” va “Colombia Heroicos” jamoalari o‘rtasidagi boks kechasining birinchi jangi bo‘lib o‘tdi.

Dastlab ringga -52 kg vazn toifasidagi sportchilar ko‘tarilishdi. O‘zbekistonning shu vazndagi vakili Xudoynazar Fayzov kolumbiyalik Keybar Avila qarshi jang qildi.

5 raund davom etgan jang yakunida hakamlar kolumbiyalik sportchini g‘olib deb e’lon qilishdi - 3:2.

Shu tariqa, “Uzbek Tigers” - “Cuba Domadores” jamoalari o‘rtasidagi bahsda hisob ochildi 0:1 ko‘rinishini oldi.

Navbatdagi jang -60 kg vazn vakillari Shunqor Abdurasulov va Duvan Zuleta o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Uzbek Tigers” - “Colombia Heroicos”. Birinchi jangda mag‘lubiyat