22:10 / 18.03.2018
3 836

«Nasaf» Navoiyda «Qizilqum»ni taslim etdi

«Nasaf» Navoiyda «Qizilqum»ni taslim etdi
Uchrashuvning 13-daqiqasidayoq burchak to‘pidan Jasur Hasanovning uzatgan to‘pini Bobur Abduxoliqov bosh bilan darvozaga yo‘llab hisobni ochdi.

67-daqiqaga kelib yana Jasur Hasanovning jarimadan uzatgan to‘pini Slavko Lukich boshi bilan darvozaga joylab, hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi.

Oradan uch daqiqa o‘tib, Osiyo chempionati finalida g‘alaba to‘pini kiritgan Andrey Sidorov “Qizilqum”ning yagona golini urdi.

Shu tariqa, “Qizilqum” mavsumdagi uchinchi mag‘lubiyatni qabul qilib oldi, “Nasaf” esa to‘plar nisbati evaziga 7 ochko bilan 3-turdan so‘ng peshqadamga aylandi.

Superliga. 3-tur.
“Qizilqum” – “Nasaf” 1:2 (0:1)

Gollar:
Andrey Sidorov (70) – Bobur Abduxoliqov (13) Slavko Lukich (67).

“Qizilqum”: 77. Yevgeniy Cheremisin, 4. Erkin Boydullayev (s), 8. Akmal Rustamov, 10. Alisher Sanoyev (9. Humoyun Abdualimov, 84), 11. Doniyor Usmonov (18. Samandar Shodmonov, 46), 14. Fayzulla Qambarov, 17. Artur Gevorkyan, 21. Muhsin Ubaydullayev, 23. Sherali Jo‘rayev, 30. Elguja Grigalashvili, 84. Nemanya Yovanovich.

“Nasaf”: 35.Sanjar Quvvatov, 4.Maqsud Karimov, 5.G‘olib G‘aybullayev (55.Slavko Lukich, 46), 6.Azizjon G‘aniyev, 7.Odiljon Hamrobekov, 10.Bobir Abduxoliqov, 21.Jahongir Aliyev (27.Islom Rashidxonov, 46), 22.Igor Golban, 31.Saydullo Rahmatov, 77.Jasur Hasanov (20.Islom Kenjaboyev, 76), 92.Umarbek Eshmurodov.

Ogohlantirishlar: Fayzulla Qambarov 50, Slavko Lukich 63, Akmal Rustamov 79.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Nasaf» Navoiyda «Qizilqum»ni taslim etdi