22:50 / 07.04.2018
3 444

Superligada "ilk iste’fo" yuz berdi

Суперлигада "илк истеъфо" юз берди
Bugun, 7 aprel kuni «So‘g‘diyona» rahbariyati navbatdan tashqari yig‘ilish o‘tkazdi, deb xabar beradi Sports.uz.

Yig‘ilish davomida jamoaning qoniqarsiz natijalari muhokama qilindi. Ma’lumki, mavsum boshidan buyon jamoa bor yo‘g‘i 1 ochkoni qo‘lga kiritdi. Raqiblar darvozasi atigi 1 marotaba ishg‘ol qilindi. Shundan kelib chiqib, jamoa rahbariyati Aleksandr Mochinovni «So‘g‘diyona» boshqaruviga loyiq emas deb hisoblab, iste’foga chiqardi.

Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, «So‘g‘diyona» klubida moliyaviy tomondan xech qanday muammo yo‘q. Murabbiylar shtabi va barcha futbolchilarning oylik maoshlari o‘z vaqtida berilmoqda. Jamoa ertadan «Navbahor»ga qarshi tayyorgarlikni boshlaydi.

Bugun "So‘g‘diyona" raxbariyati tajribali murabbiy Sergey Ivanovich Lushchan bilan kelishuvga erishdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superligada "ilk iste’fo" yuz berdi