Boks bo‘yicha “Uzbek Tigers” jamoasi a’zosi Bahodir Jalolov professional boksga o‘tgani haqida xabar bergan edik.
Bahodir professionallar o‘rtasidagi o‘zining ilk jangini Nyu-Yorkdagi “Foxwoods Casino”da 5 may kuni o‘tkazishi aniq bo‘ldi. Biroq kuchli zarbaga ega bo‘lgan bokschimizga ushbu jangda kim raqib bo‘lishi aniq bo‘lgani yo‘q.
Sports.uz internet portali muxbiri Bahodir Jalolov bilan bog‘lanib, bo‘lajak jangga tayyorgarlik qanday o‘tayotgani va kelgusidagi rejalari haqida suhbatlashdi.
“Assalomu alaykum. Nasib qilsa 5 may kuni professional boksdagi ilk jangimni o‘tkazaman. Hozirda menga kim raqib bo‘lishini bilmayman. Biroq men shu kungi bahsga jiddiy tayyorlanmoqdaman. Biz Mayami shahrida kuniga ikki marotaba mashg‘ulotlarga qatnamoqdamiz. Xudo xohlasa ilk jangimni g‘alaba bilan boshlayman. So‘ngra, 6 may kuni yurtimizga qaytaman va ”Uzbek Tigers“ jamoasi safida 11 may kuni bo‘lib o‘tadigan jangga tayyorgarlikni davom ettiraman”, - deydi Bahodir Jalolov. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi