18:40 / 01.05.2018
3 717

Saloh yana bir so‘rovnomada "tengsiz" deb topildi

Салоҳ яна бир сўровномада "тенгсиз" деб топилди
«Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh jurnalistlar talqiniga ko‘ra, Angliya Premer-ligasining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda mersisaydliklar rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Manbaga ko‘ra, ovoz berish jarayonlarida 400dan ortiq Futbol jurnalistlari assotsiatsiyasi a’zolari ovoz berishgan. Saloh bu borada eng yaqin ta’qibchisi «Manchester Siti» yarimhimoyachisi Kevin De Bryuyneni 20ta ovozga ortda qoldirgan. Uchinchi o‘rinni «Tottenhem» hujumchisi Harri Keyn egallagan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Saloh Professional futbolchilar assotsiatsiyasi (PFA) tomonidan mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topilgandi.

Joriy mavsumda 25 yoshli misrlik futbolchi APL doirasidagi 34 uchrashuvda maydonga tushib, 31 golga mualliflik qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Saloh yana bir so‘rovnomada "tengsiz" deb topildi