21:20 / 24.05.2018
4 773

“Nasaf” klubi bosh menejeri: Azizjon G‘aniyevni Yevropaga sotamiz, bizda takliflar bor

“Nasaf” klubi bosh menejeri: Azizjon G‘aniyevni Yevropaga sotamiz, bizda takliflar bor
“Nasaf” futbol klub bosh menejeri Sergey Kucherenko ayni paytda Azizjon G‘aniyevning transferi bilan bog‘liq xabarlarga o‘z munosabatini bildirdi. Bu haqda SPORTS.uz sayti xabar tarqatdi.

- Azizjon G‘aniyev O‘zbek klublariga sotilmaydi. Chunki u hali o‘sishi kerak va biz shu uchun xam uni chetga sotamiz. Bu esa ham jamoamiz ham O‘zbekiston MTJ uchun katta yordam bo‘ladi. Agar Azizjon G‘aniyev Yevropa klublariga ketsa, bu O‘zbekiston futboli va terma jamoaga xam katta foyda. Demak biz Azizni Yevropaga sotamiz, bizda uning uchun 3-4ta taklif ham bor. Buni xozirda o‘rganib chiqib, maslaxatlashib Azizning o‘zi bilan maslahatlashamiz. Takliflar Ukraina, Rossiya hamda Xorvatiyadan tushgan. Qaysi maqul bo‘lsa, shuni ko‘rib chiqamiz, - dedi Sergey Kucherenko.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Nasaf” klubi bosh menejeri: Azizjon G‘aniyevni Yevropaga sotamiz, bizda takliflar bor