06:58 / 17.06.2018
4 731

Dragan Cheran «Nasaf»ni tark etdi

Dragan Cheran «Nasaf»ni tark etdi
“Nasaf” klubining legioner hujumchisi Dragan Cheran qarshiliklar safini tark etdi.

UFF.uz'ga ma’lum bo‘lishicha, jamoa va futbolchi ikki tomonlama kelishuvga ko‘ra o‘rtadagi shartnomani bekor qilganlar. Bunga sabab esa katta ehtimol bilan “Nasaf”ning moliyaviy qiyinchiliklar domiga tushib qolgani bo‘lmoqda.

Avvalroq, OAVda qarshiliklar safini Jasur Hasanov va Slavko Lukich kabi yetakchilar tark etgani xabar qilingandi.

Cheran mavsumning qolgan qismini qayerda o‘tkazishi haqida rasmiy ma’lumotlar yo‘q. Ba’zi xabarlarga ko‘ra, serbiyalik o‘yinchi o‘z faoliyatni “Paxtakor”da davom ettiradi.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Dragan Cheran «Nasaf»ni tark etdi