Superliganing hal qiluvchi pallasi boshlandi. Ikkinchi davra 23-turda “Lokomotiv” futbolchilari safarda “Metallurg” mehmoni boʻlishdi. Uchrashuv mehmonlarning kichik hisobdagi gʻalabasi bilan yakun topdi.
Oʻyinning ilk daqiqalaridan jamoalar hujumga zoʻr berishdi va hatto Zohid Abdullayev birga-bir vaziyatga chiqib hisobni 6-daqiqada ochishi mumkin edi. Rashidovning jarima toʻplari bugun naf bermadi. 31-daqiqada Zoteyevning pasidan keyin Ikrom Aliboyev boshi bilan zarba yoʻllab jamoasini oldinga olib chiqdi.
Ikkinchi boʻlimda esa Toʻxtaxoʻjayev bosh darvozani ishgʻol eta olmadi. Har ikki tomon yaxshi vaziyatlarga ega boʻldi, biroq oʻyinda boshqa gol kiritilmadi.
Superliga 23-tur
“Metallurg” – “Lokomotiv” 0:1
Gol: Ikrom Aliboyev 31, - 0:1 (Oleg Zoteyev).
“Metallurg”: 35.Javohir Ilyosov, 5.Abbos Otaxonov, 8.Shahzod Shaymanov (77.Muhammad Isayev, 57), 9.Zabixullo Oʻrinboyev, 14.Abror Toshqoʻziyev (11.Muhammadjon Sultonov, 72), 15.Zohid Abdullayev, 28.Stanislav Andreyev, 37.Sherzod Fayziyev, 55.Akbar Ismatullayev, 87.Bahodir Pardayev, 90.Zafar Toʻrayev.
“Lokomotiv”: 1.Ignatiy Nesterov, 55.Anzur Ismoilov, 5.Kaxi Maxaradze, 88.Igor Yelich, 33.Oleg Zoteyev, 20.Islom Toʻxtaxoʻjayev, 7.Sadriddin Abdullayev, 22.Sanjar Shoahmedov, 9.Ikrom Aliboyev, 10.Marat Bikmayev (15.Sardor Mirzayev, 75), 27.Sardor Rashidov (11.Temurxoʻja Abduholiqov, 69).
Ogohlantirishlar: Javohir Ilyosov 11, Oleg Zoteyev 73, Ignatiy Nesterov 89, Sardor Mirzayev 90+2.
Chetlatish: Marat Bikmayev 90+4
Manba: www.uff.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi