23:20 / 04.11.2018
3 314

«Manchester Siti» 6 ta gol urdi va birinchi o‘ringa chmqdi

«Manchester Siti» 6 ta gol urdi va birinchi o‘ringa chmqdi
«Manchester Siti» Angliya Premer-ligasining 11-turida «Sauthempton» ustidan yirik g‘alabaga erishdi. Manchesterdagi «Etihad — Siti of Manchester» stadionida kechgan uchrashuv maydon egalarining 6:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

«Manchester Siti» tarkibida Serxio Aguero, David Silva, Leroy Sane va Rahim Sterling (dubl) gollarga mualliflik qilishdi, yana bir gol «Sauthempton» himoyachisi Uesli Hudt nomiga avtogol sifatida yozildi. «Shaharliklar» darvozaboni Edersonni faqat Denni Ings penaltidan gol urib ranjita oldi.

Endilikda «Manchester Siti» ochkolari sonini 29taga yetkazgan holda 27 ochkoga ega «Liverpul»n quvib o‘tib, Angliya chempionati turnir jadvalida peshqadamlikni yana o‘z qo‘liga oldi, «Sauthempton» 7 ochkosi bilan 16-o‘rinda qolmoqda.

Keyingi turda «shaharliklar» o‘z maydonida «Manchester Yunayted»ni qabul qiladi (11 noyabr), «avliyolar» o‘z uyida «Uotford»ga qarshi o‘ynaydi (10 noyabr).

Angliya chempionati
11-tur
Manchester Siti – Sauthempton 6:1
Gollar:
1:0 – 6, avtogol Xudt, 2:0 – 12 Aguero, 3:0 – 18 Silva, 3:1 – 30, penalti Ingz, 4:1 – 45 Sterling, 5:1 – 67 Sterling, 6:1 – 90 Sane.
Manchester Siti – Ederson, Stounz (Kompani, 68), Mendi, Uoker, Laport, Silva (Foden, 72), Fernandino (Delf, 79), Sterling, Bernardu Silva, Sane, Aguero.
Sauthempton – Makkarti, Stivens, Bertran, Soaresh, Xudt, Redmond (Elyunussi, 73), Uord-Prouz (Obafemi, 73), Lemina, Xeyberg, Long, Ingz (Armstrong, 82).
Ogohlantirishlar: Uord-Prouz (10), Aguero (38).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Manchester Siti» 6 ta gol urdi va birinchi o‘ringa chmqdi